Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qish sovug‘ida nega bosh tez-tez og‘riydi?

Qish sovug‘ida nega bosh tez-tez og‘riydi?

Sovuq qish mavsumda ko‘p odamlar tez-tez bosh og‘rig‘idan azob chekishni boshlaydilar. «Sovuq bosh og‘rig‘i» deb nomlanuvchi kasallik ko‘pincha ayollar va migren xastaligi bilan og‘riganlarga ta’sir qiladi.

Rossiyalik nevrolog Igor Matsokin sovuq bosh og‘rig‘ining sabablari to‘liq o‘rganilmaganligini tushuntirdi. Ehtimol, bu ilmiy tilda termoregulyasiya yoki trigeminal deya ataluvchi asab tolalari zo‘riqishi vaqtida qon tomirlarining torayishi yoki kengayishi bilan bog‘liq.

Ko‘pincha bunday og‘riq sovuqda paydo bo‘ladi va odam isinganda o‘tib ketadi.

Shifokor vaziyatni yengillashtirish uchun issiq xonaga kirib, iliq ichimlik ichish kerakligini ta’kidladi. Agar og‘riq tez-tez sodir bo‘lsa va uzoq vaqt davom yetsa, mutaxassisga murojaat qilishingiz kerak.

Tanani chiniqtirish orqali og‘riqdan qutulish mumkin degan nazariya mavjud. Salqin xonada uxlash va muntazam salqin dush qabul qilish harorat retseptorlarini sovuqqa «o‘rgatishi» va ularning sezgirligini kamaytirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring