Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim chempion bo‘ladi? «Xabar.uz» so‘rov o‘tkazdi (video)

20 noyabr kuni futbol bo‘yicha jahon chempionati — Qatar-2022 ga start berildi.

Shu paytgacha yozda o‘tkazilgan mundiallardan farqli ravishda, Qatardagi chempionat, mamlakat iqlimi hisobga olinib, noyabr-dekabr oylariga to‘g‘rilandi. Shunga qaramasdan, Yaqin Sharq mamlakatida issiq — kunduzi 30 darajadan past emas.

Terma jamoalar o‘rtasida kechayotgan o‘yinlar esa undan-da qaynoq. Bugun Messi boshchiligidagi Argentina guruh autsayderi deya qaralayotgan saudiyaliklar tomonidan tor-mor etilishi «MYu»dan quvilgan portugal yulduzi Ronalduni ham o‘ylantirib qo‘ygani turgan gap. Benzemasiz qolgan amaldagi chempion Fransiya, Neymar boshchiligida yuqori formada mundialga tashrif buyurgan Braziliya, yangilangan «nemis mashinasi», «qizil furiya», xullas, buyog‘i mardu maydon.

Bizni qiziqtirgan asosiy savol: KIM ChEMPION BO‘LADI?

«Xabar.uz» yurtdoshlarimizning fikrlariga qiziqdi.

Qolaversa, o‘zimizning «abadiy savollarimiz» ham bor:

1. O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqa oladimi?
2. Agar sizga O‘zbekiston terma jamoasiga murabbiy olib kelish imkoniyati berilsa, kimni taklif qilgan bo‘lardingiz?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring