Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy tarbiya va sport vaziri vazifasidan ozod etildi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri vazifasidan ozod etildi

Foto: «UzReport.news»

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda vazirlikdan «Xabar.uz»ga ma’lum qilishdi.

2018 yil fevral oyida ushbu lavozimga tayinlangan Shoakrom Isroilov 25 iyul kuni jamoa bilan xayrlashgan. Uning ishdan ketish sababi ham, yangi ish joyi ham hozircha noma’lum.

Xabar berishlaricha, hozirgi paytda vazirning birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov vazir vazifasini vaqtincha bajarib turadi.

2017 yilda Madaniyat va sport vazirligi tugatilib, ikkita alohida vazirlikka aylantirilgan edi. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi negizida Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi tuzilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring