Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston terma jamoasiga rossiyalik futbolchi chaqirildi

O‘zbekiston terma jamoasiga rossiyalik futbolchi chaqirildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o‘tkazadi.

Ushbu bahslarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 3 avgustdan 10 avgustga qadar milliy terma jamoamiz ishtirokida Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, mazkur yig‘inga terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov asli rossiyalik bo‘lgan futbolchini taklif etdi. Hozirda Namanganning «Navbahor» klubida to‘p surayotgan Igor Golban shu yilning aprel oyida O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan edi. Endilikda u terma jamoamiz safida ham to‘p surishi mumkin.

Quyida e’tiboringizga mazkur yig‘in uchun taklif etilgan futbolchilarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etamiz:

Darvozabonlar: Eldor Suyunov (Paxtakor), Aleksandr Lobanov (Metallurg), O‘tkir Yusupov (Navbahor), Mashhur Muhammadjonov (Nasaf)

Himoyachilar: Yegor Krimets (Paxtakor), Farruh Sayfiyev (Paxtakor), Sharof Muhitdinov (Nasaf), Xojiakbar Alijonov (Paxtakor), Sanjar Qodirqulov (Bunyodkor), Murod Xolmuhammedov (Qo‘qon-1912), Anzur Ismoilov (Paxtakor), Igor Golban (Navbahor), Islomjon Qobilov (Bunyodkor), Husniddin Aliqulov (Nasaf), Dilshodbek Ahmadaliyev (Bunyodkor), Akramjon Komilov (Paxtakor), Husniddin G‘ofurov (Surxon)

Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov (Paxtakor), Doston Hamdamov (Paxtakor), Lutfulla To‘rayev (Bunyodkor), Oybek Bozorov (Nasaf), Aziz Turg‘unboyev (Navbahor), Abror Ismoilov (Paxtakor), Nurillo To‘xtasinov (Bunyodkor), Sardor Sobirxo‘jayev (Bunyodkor), Abdulla Abdullayev (Bunyodkor), Odil Hamrobekov (Paxtakor), Javohir Siddiqov (Paxtakor), Islom Kenjaboyev (Nasaf)

Hujumchilar: Igor Sergeyev (Paxtakor), Bobur Abduholiqov (Nasaf), Shahzod Ubaydullayev (Metallurg).

Ma’lumot uchun, yig‘indan avval terma jamoa to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, mashg‘ulotlar yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring