Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Jarimalar jinoyatning oldini olishga qaratilishi kerak, budjetni to‘ldirishga emas…»

«Jarimalar jinoyatning oldini olishga qaratilishi kerak, budjetni to‘ldirishga emas…»

Qozog‘istonlik deputat Asxat Aymag‘ambetov Qozog‘istonda ma’muriy jarimalar tizimini isloh qilish zarurligini e’lon qildi. Uning fikricha, jarimalar jinoyatlarning oldini olishga qaratilishi va budjetni to‘ldirish vositasi sifatida foydalanilmasligi kerak.

«Jarimalar munozara uchun eng qaynoq mavzulardan biriga aylandi. Hatto, «Shtrafstan» degan provakatsion yangi so‘z paydo bo‘lyapti. Bu, albatta, jarimalar davlat budjetini to‘ldirishga qaratilgan deb hisoblovchilarning kinoyasi», – deydi deputat.

Aymag‘ambetovning qo‘shimcha qilishicha, «jarimalarning markazlashishi» nomutanosiblikni va bu orqali norozilikni keltirib chiqarmoqda. Uning fikricha, arzon to‘xtash joylarida haq to‘lamaganlik va kam moliyalashtiriladigan maktablar uchun jarimalar bu – jazo.

Deputat mumkin bo‘lgan choralar sifatida jarimalarni adolatli qilishni, ulardan ijtimoiy ehtiyojlar uchun foydalanishni, ta’lim bilan uyg‘unlashtirishni va majburiy topshiriqlardan voz kechishni taklif etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring