Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi

Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi matbuotda XAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

"Ma’lumotlarga qaramasdan, HAMAS hali ham kelishuv taklifiga javob bermadi", deydi Benyamin Netanyaxu idorasiga asoslanib The Times of Israel nashri.

Bugun, 15-yanvar kuni OAV Isroil rasmiylari kelishuv bugun kechqurun yoki payshanba kuni tushdan keyin imzolanishini kutishayotgani haqida xabar berdi. Xususan, Walla News nashri manbalarga tayanib, garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda yutuq bo‘lgani va HAMASning harbiy rahbari Muhammad Sinvar kelishuv shartlariga rozilik berganini yozdi. 13 yanvar kuni Reuters Qatar kelishuvning yakuniy loyihasini Isroil va HAMAS vakillariga topshirgani haqida xabar berdi.

14-yanvar kuni Qatar poytaxti Dohada Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Qatar bosh vaziri maslahatchisi va TIV rasmiy vakili Majid bin Muhammad al-Ansoriy muzokaralar yakuniy bosqichda ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u "hozir sodir bo‘layotgan narsadan juda xursand bo‘lishning ma’nosi yo‘qligini" ta’kidladi. "Rasmiy e’lon qilinmaguncha, hech qanday kelishuv bo‘lmaydi", deb xulosa qildi diplomat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring