Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«G‘ishtko‘prik»dan 717 dona bug‘u shoxlari olib o‘tilayotgani fosh etildi

«G‘ishtko‘prik»dan 717 dona bug‘u shoxlari olib o‘tilayotgani fosh etildi

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

Ayrim hayvonlarning shox va suyaklari dunyo bozorida xaridorgir xomashyo hisoblanadi. Shu sabab, buning ortidan mo‘may daromad orttirishni ko‘zlagan ayrim shaxslar jonzotlarga zarar yetkazish bilan birga, bojxona tartib qoidalarini buzishga urinadi.

Toshkent viloyati «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi yengil avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigi natijasida avtoulovning yuk xonasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 600 dona hayvon shoxlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, 2 dona qopda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda  yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 117 dona shohlar fosh etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza xulosasiga ko‘ra aniqlangan shoxlar bug‘u turiga mansubligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bug‘ular Yevroosiyoning mamlakatlarida uchraydi va ular O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi ro‘yxatiga kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring