Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Iqtisodiy o‘zgarishlarga turtki beruvchi texnologiyalar» – InTech 2025 konferensiyasi

«Iqtisodiy o‘zgarishlarga turtki beruvchi texnologiyalar» – InTech 2025 konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-6097-son Farmonidagi vazifalarni samarali ta’minlash, xususan oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish maqsadida, Toshkent shahridagi Amiti universitetida IEEE Qozog‘iston bo‘limi va O‘zbekiston Markaziy banki bilan hamkorlikda 2025 yilning 27-28 fevral kunlari «Iqtisodiy o‘zgarishlarga turtki beruvchi texnologiyalar» (InTech-2025) mavzusida xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya innovatsion yechimlarni ishlab chiqish, har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash va kelgusida mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashish uchun muhim platforma bo‘ldi. Tadbirda asosiy e’tibor fintex, sun’iy intellekt, blokcheyn texnologiyalari, kiberxavfsizlik va ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’siriga qaratildi.

Tadbir Toshkent shahridagi Amiti universiteti direktori Shuxrat Sattorovning nutqi bilan boshlandi. Mutasaddi IEEE Qozog‘iston bo‘limi va O‘zbekiston Markaziy banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan «InTech 2025» xalqaro konferensiyasini qutlab o‘tdi: «Ishonchim komilki, «InTech 2025» konferensiyasi «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlaydi va uni samarali amalga oshirish, samarali bilim va g‘oyalar almashinuvi platformasiga aylanadi, yosh mutaxassislar uchun yangi istiqbollarni ochib beradi va barchamizni ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etishga ilhomlantiradi. Shuningdek, ushbu konferensiya yosh mutaxassislarni yangi g‘oyalar ustida ishlashga ilhomlantirishiga ishonamiz».

Ochilish marosimidan so‘ng Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan madaniy dastur namoyish etildi. Tadbir doirasida milliy kuy-qo‘shiqlar, san’at namunalari va turli ijodiy chiqishlar taqdim etilib, ishtirokchilarga iliq va samimiy muhit yaratildi.

«InTech 2025» konferensiyasida iqtisodiyot va moliyaviy tizimlarda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni bo‘yicha keng qamrovli muhokamalar o‘tkazildi.

Konferensiyaning asosiy tadbirlaridan biri «Iqtisodiyotda texnologiyalar: bank tizimi va monetar siyosatdagi inqilob» mavzusidagi panel muhokamasi bo‘ldi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt va raqamli moliyaviy vositalarning rivojlanish istiqbollari, shuningdek, blokcheyn texnologiyalarining bank tizimiga ta’sirini tahlil qildilar.

«InTech 2025» ilmiy va biznes hamjamiyati uchun muhim tadbir bo‘ldi. Konferensiya nafaqat tadqiqotlarni taqdim etish, balki hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va iqtisodiyotning kelajakdagi yo‘nalishlarini shakllantirishga xizmat qildi. Toshkent shahridagi Amiti universiteti hamkorlari bilan birgalikda ilg‘or tadqiqot va texnologik rivojlanish markaziga aylanishni maqsad qilganini yana bir bor namoyish etdi.

Konferensiya natijasi sifatida, bugungacha kelib tushgan 1000 ga yaqin ilmiy-tadqiqot ishlaridan 250 ta maqola tanlanib, keyinchalik SCOPUS ma’lumotlar bazasida indekslanadi. Ayni paytgacha O‘zbekiston iqtisod-moliya tizimiga daxldor bo‘lgan 20 ta ilmiy-tadqiqot ishlari taqdim etilgan. Ushbu materiallar, shuningdek muhokamalar O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishning barqaror o‘sishini ta’minlaydigan innovatsion yechimlarga yo‘l ochadi.

Konferensiya davomida Toshkent shahridagi Amiti universiteti raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt va blokcheyn kabi zamonaviy yo‘nalishlarning dolzarbligini ta’kidlab, yangi ta’lim yo‘nalishlarini joriy etayotganini e’lon qildi. Endilikda abituriyentlar quyidagi dasturlar bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin:

- Kiberxavfsizlik va blokcheyn
- Sun’iy intellekt va ma’lumotlar ilmi

Shuningdek, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham qabul jarayoni ochildi:

- Ingliz filologiyasi (kechki ta’lim)
- Axborot texnologiyalari
- Kompyuter fanlari va injiniringi
- Iqtisodiyot
- Turizm boshqaruvi
- Biznes boshqaruvi

Dastlabki kirish imtihoni 15-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bu Toshkent shahridagi Amiti universitetida xalqaro ta’lim olish va zamonaviy texnologiyalar sohasida yetakchi mutaxassis bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

📞 Telefon: (+998) 71 207 9006
🌐 Veb-sayt: @amity.uz
📱 Instagram: @amity_uzb
✉️ Telegram: @AmityUniversityTashkent
📘 Facebook: @amityuniversityuz
▶️ YouTube: @AmityUniversityTashkent

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring