Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boshqa tilli» maktablarning bitiruvchilariga davlat tilidan imtihon majburiy bo‘lyapti

«Boshqa tilli» maktablarning bitiruvchilariga davlat tilidan imtihon majburiy bo‘lyapti

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari, umumta’lim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

  • Ona tili va adabiyoti (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
  • Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan – yozma;
  • Matematika fanidan – yozma;
  • O‘zbekiston tarixi fanidan – yozma/og‘zaki;
  • Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda o‘tkaziladi.

11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

  • Ona tili va adabiyoti (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
  • Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan – yozma;
  • Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
  • Tarix fanidan – yozma;

O‘quvchining tanlovi bo‘yicha:

  • Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirg‘iz tilida ta’lim bo‘lgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
  • Chet tili fanidan yozma/og‘zaki shaklda o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring