Mobiuz bilan «Mazza!»: yangi tarif rejasi qulayliklari qanaqa?

Mobiuz «Mazza!» tarif rejasini taqdim etmoqda. U qulaylik, moslashuvchanlik va zamonaviy aloqa imkoniyatlarini qadrlaydiganlar uchun yaratilgan.
Aholimiz mobil internetdan faol foydalanadi. Bunday sharoitda Mobiuz yanada ko‘proq internet-trafik hajmini va daqiqalarni taklif etmoqda. «Mazza!» tarifi istalgan vaqtida – kunduzi ham, tunda ham onlayn bo‘lib turish imkoniyatini ta’minlaydi.
«Mazza!» abonentlari oyiga atigi 39 000 so‘mga quyidagilarni qo‘lga kiritadilar:
- 50 GB mobil internet (istalgan vaqtda foydalanish mumkin);
- 50 GB tungi trafik (tungi soat 00:00 dan ertalab 08:00 gacha);
- O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun 3 900 daqiqa;
- Yaqinlar va do‘stlar bilan muloqot qilish uchun 3 900 ta SMS-xabar.
«Mazza!» tarif rejasi bilan birgalikda abonentlar «Bronze», «Silver Light» va «Silver» kabi toifadagi chiroyli raqamlarni 70% chegirma bilan ulab olishlari mumkin.
«Mazza!»ga ulanib, abonentlar avtomatik tarzda «50 nafar baxtiyor inson» aksiyasining ishtirokchisiga aylanadilar. Ular 10 million so‘mlik 50 ta sovg‘adan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
«Mazza!» tarif rejasiga yangi raqam bilan:
- Mobiuz rasmiy ilovasida eSIM’ni faollashtirish orqali;
- Mobiuzning respublika bo‘ylab joylashgan ofislariga yoki kompaniya dilerlarining ko‘plab savdo nuqtalariga murojaat qilish orqali ulanish mumkin.
Bugunoq «Mazza!»ni o‘zingiz uchun kashf eting va muloqotning qanchalik yoqimli bo‘lishi mumkinligini bilib oling!
Tarif haqida batafsil ma’lumot www.mobi.uz veb-saytida joylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter