Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezligini belgilangan tezlikdan 60 km/soatdan ko‘pga oshirganlar uchun jarima miqdori oshirildi

Tezligini belgilangan tezlikdan 60 km/soatdan ko‘pga oshirganlar uchun jarima miqdori oshirildi

Joriy yil 20-fevral kuni qabul qilingan «Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun bilan tezligini belgilangan tezlikdan 60 km/soatdan ko‘pga oshirganlar uchun jarima miqdori oshirildi.

Shu kunga qadar amalda bo‘lib kelgan tartibga ko‘ra, MJtKning 128-3-moddasida transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda hamda 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborganligi uchun jarimalar (mos ravishda BHMning 5 baravari hamda BHMning 9 baravari) belgilangan edi.

Yuqoridagi qonun bilan esa haydovchilarning belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborganligi uchun BHMning 15 barobari miqdorida (5 mln 625 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq, tezlik bilan bog‘liq mazkur huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometri ko‘rsatkichlaridagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan jami xatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, ma’muriy jazo chorasi qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring