Hayitda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
O‘zbekistonliklar Ramozon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi.
Bu Prezidentning 2023 yil 22 dekabrdagi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra:
- 10-aprel, chorshanba – Ramazon Hayiti kuni;
- 11-aprel, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 12-aprel, juma – 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
13-aprel, shanba – barcha uchun ish kuni;
14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.
Farmonda 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter