Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram sabab o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi

Bayram sabab o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi

Joriy yilgi Mustaqillik bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

Ya’ni:

  • 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
  • 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;
  • 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi);
  • 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Ma’lumot uchun, sentyabr oyida 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari ko‘chirilmagan. Ya’ni, Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son Farmoniga ko‘ra joriy yil sentyabr oyida 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari ko‘chirilmagan. Sodda qilib aytganda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 7-sentyabr – shanba kuni qayta ishlab bermaydi.

Shuningdek, 30 avgust juma har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi bir soatga qisqartirilmaydi. Juma odatiy ish kuni bo‘ladi, chunki bayram arafasi emas. Bayram arafasi bo‘lgan shanba esa shundoq ham barcha xodimlar uchun dam olish kuni. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring