Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtda 17 yashar fuqaro noxush hodisaga sababchi bo‘ldi

Poytaxtda 17 yashar fuqaro noxush hodisaga sababchi bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

22-aprel kuni Toshkent shahar, Sergeli tumanida 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro S.A. (haydovchilik guvohnomasi olmagan) «Nexia»  rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, haydovchi, 1994-yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan «DAF» rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

Natijada, «Nexia» rusumli avtomobil haydovchisi S.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi A.R.lar tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YTH TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring