Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Gaz zapravka»lardagi o‘g‘irliklarga barham berish shartligi aytildi

«Gaz zapravka»lardagi o‘g‘irliklarga barham berish shartligi aytildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuror o‘rinbosari Valiyevga «gaz zapravka»larda tartib o‘rnatish topshirig‘ini berdi.

Yig‘ilishda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida davom etayotgan o‘g‘irliklarga barham berish shartligi ta’kidlandi.

Misol uchun, o‘tgan haftada birgina Vobkent tumani va Buxoro shahridagi 3 ta shoxobchada 26 million kubmetr (26 milliard so‘mlik) gazdan yashirincha foydalanish holatlari aniqlangan. Ushbu gaz hajmi bilan 44 ming xonadonni yoki bitta katta tuman aholisini 1 oy gaz bilan ta’minlash mumkin edi.

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Valiyevga shu masalada tartib o‘rnatish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring