Eron oliy rahbarining sahifalari bloklandi
Meta kompaniyasi Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlarini blokladi.
Kompaniya buni Oliy rahbarning keskin bayonotlari va sayt qoidalariga rioya qilmagani bilan izohladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
«Instagram va Facebook Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning akkauntlarini Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan mojarolar fonida o‘chirib tashladi», — deyiladi xabarda.
Xomanaiy ijtimoiy tarmoqlarida Falastinning XAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlovchi xabarlar va Isroilga qarshi bayonotlar yozganligi xabar qilingan.
Qayd etilishicha, Meta siyosati tashkilotlar yoki shaxslarga zo‘ravonlik chaqiriqlarini chop etishga ruxsat bermaydi. Taqiq Qo‘shma Shtatlar hukumati tomonidan terrorchi deb e’lon qilingan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlagan har bir kishiga ham tegishli, deb ta’kidlanadi CNN xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter