Ekologiya vazirligi huzuridagi agentlikka direktor tayinlandi
![Ekologiya vazirligi huzuridagi agentlikka direktor tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/4/920__95_246334840.jpg)
Hasanov Sharifbek Shamsiddinovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Sharifbek Hasanov 1990 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2013 yilda Buyuk Britaniyaning Kardiff Metropolitan universiteti (bakalavr), 2015 yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti (magistratura)ni tamomlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda turli davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter