Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YeI Gruziya rasmiylari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

YeI Gruziya rasmiylari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Yevropa Ittifoqi Kengashi Gruziya diplomatlari va rasmiylari uchun vizasiz rejimni to‘xtatishga qaror qildi.

Bu haqda Gruziya OAVlari Yevropa Ittifoqi matbuot bayonotiga asoslanib xabar berdi. 

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze jurnalistlarga ushbu ma’lumotni izohlar ekan, bu qarorning muhim ahamiyati yo‘qligini aytdi.

"Yevropa Ittifoqining bu qarorida g‘ayrioddiy narsani ko‘rmayapman. Bu shunchaki texnik masala. Biz uchun asosiysi, mamlakatimizda barqarorlik va tinchlikka hech qanday tahdid yo‘qligi. Biz Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga viza bilan yoki vizasiz sayohat qilishimiz mumkin, bu muhim ahamiyatga ega emas ", - dedi Kobaxidze. 

Yevropa va Gruziya munosabatlari so‘nggi yillarda murakkablashdi. Bunda xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun va parlament saylovlari ham muhim rol o‘ynadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring