Gruziya Yevropada iqtisodiy o‘sish yetakchisiga aylandi
Gruziya 2024 va 2025-yillardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha Yevropa va Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari Vaxtang Sinsadze jurnalistlarga ma’lum qildi.
Jahon bankining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotiga ko‘ra, Gruziya iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda yetakchilardan sanaladi, Yevropa va Markaziy Osiyoda esa 2024 va 2025-yillarda birinchi o‘rinda qayd etildi.
Sinsadzega ko‘ra, Jahon banki Gruziyaning 2024-yildagi iqtisodiy o‘sishini 9 foiz deya baholadi, bu oldingi prognozlardan 3,8 foiz yuqori, Gruziyada mintaqadagi boshqa davlatlarga nisbatan eng yuqori o‘sish 2025 yilda kuzatilib, 6 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Uning aytishicha, Gruziyada kichik va o‘rta biznes raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan qator davlat dasturlari va yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda, ular mehnat unumdorligi va biznes-muhit jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter