Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoda eng ko‘p qo‘shinga ega bo‘lgan ikki mamlakat harbiylari yana to‘qnashdi

Dunyoda eng ko‘p qo‘shinga ega bo‘lgan ikki mamlakat harbiylari yana to‘qnashdi

Foto: «India Today»

Hindiston bilan Xitoy o‘rtasidagi yangi to‘qnashuvlarda 20 dan ortiq askar jarohat olishdi. Bu haqda «India Today» yozmoqda.

Navbatdagi janglar Hindistonning Sikkim shtati chegarasida, Naku-La dovoni hududida bo‘lib o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy armiyasi Hindiston bilan chegara chizig‘ini kesib o‘tishga uringan. Hindiston esa hujumga o‘tgan. Oqibatda Hindiston armiyasining to‘rt nafar askari va 20 ga yaqin xitoylik askar jarohat olgan. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Pekin bilan Nyu-Dehli o‘rtasida ikki mamlakat harbiylari askarlarning hayotini saqlab qolish uchun o‘qotar quroldan foydalanishni rad etish to‘g‘risida kelishuv mavjud. Biroq 2020-yil 16-iyun kuni bu joyda tayoq va toshlardan foydalanilgan to‘qnashuvda Hindiston armiyasining o‘nlab askarlari halok bo‘ldi. Nyu-Dehli bu Xitoy tomonining maxsus holatni bir tomonlama o‘zgartirishga urinishi natijasida sodir bo‘lganligini aytmoqda. Hind matbuoti 43 nafar xitoylik yaralangani va halok bo‘lgani haqida xabar bergan.

Hozir dunyodagi eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan ikki mamlakat — Hindiston va Xitoyni «Makmagon liniyasi» deb nomlangan (1914-yilda bu chegarani yaratishni taklif qilgan Britaniya Hindistonining tashqi ishlar kotibi nomidan olingan) shartli chiziq ajratib turibdi. Hindiston mavjud chegarani tan oldi, Xitoy esa yo‘q: bu haqda 1959-yilda rasmiy diplomatik notada ma’lum qilingan.

Shundan so‘ng bir necha bor muammoni hal qilishga urinib ko‘rishgan: 1993 va 1996-yillardagi xitoy-hind kelishuvlari ham samara bermadi. Chegara hududidagi ikkita joy munozarali bo‘lib qolmoqda: Kashmirning shimoli-sharqiy qismi va Arunachal-Pradesh shtatining shimoli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring