Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp Bag‘doddan pul talab qilmoqchi

Donald Tramp Bag‘doddan pul talab qilmoqchi

Agar AQSh qo‘shinlari Iroqdan olib chiqiladigan bo‘lsa, Vashington Bag‘doddan pul talab qiladi. Bu haqda Amerika prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Prezidentning aytishicha, Iroqdan olinadigan summa harbiy bazalar, aerodromlar va elchixona qurilishiga sarflangan mablag‘larni qoplashi zarur. Vashington qay yo‘sinda kompensatsiya talab qilmoqchi ekani haqidagi savolga javoban Tramp Iroq tomonidan AQShda 35 million dollar joylashtirilganini aytdi.

«Ular yo to‘lovni amalga oshiradi, yoki bu pullar hisob-raqamda qoladi», — dedi u.

Eronlik general Qosim Sulaymoniy Bag‘dodda o‘ldirilganidan keyin Iroq AQShdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni so‘ray boshladi. Beshinchi yanvar kuni Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy qo‘shinlarni chiqarib yuborish haqida qaror qabul qildi. Biroq Vashington bu mavzuni Bag‘dod bilan muhokama qilmoqchi emas.

Manba: azon.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring