Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegaradagi o‘zbekistonliklar 6-avgust kuni Rossiyadan chiqib ketishlari mumkin

Chegaradagi o‘zbekistonliklar 6-avgust kuni Rossiyadan chiqib ketishlari mumkin

Foto: «AP Photo»

Orenburg va Samara viloyatlarining Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 3,5 mingdan ortiq Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari uylariga keta boshladilar. Bu haqda «RIA Novosti» Orenburg viloyati hokimligiga asoslanib xabar berdi.

Viloyat hokimligiga ko‘ra, Rossiya-Qozog‘iston chegarasida, Orenburgning Buzuluk tumani va Samara viloyati hududida 3 mingga yaqin Qirg‘iziston fuqarolari va 500 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari to‘plangan.

«Buzuluq tumani va Samara viloyati hududidagi Qirg‘iziston fuqarolari bugun va ertaga Qozog‘iston Respublikasi chegarasi orqali o‘tkazilib, vatanlariga jo‘natiladi. Qirg‘iziston fuqarolarining umumiy soni qariyb 3 ming kishini tashkil etadi. O‘z uylariga qaytishni istayotgan 500 nafar atrofidagi o‘zbekistonliklar 6-avgust kuni chegarani kesib o‘tishlari mumkin, ular o‘z vatanlariga temir yo‘l orqali boradilar», — deyiladi viloyat ma’muriyati xabarida.

«RIA Novosti» olgan ma’lumotga ko‘ra, muhojirlar to‘plangan hududda ko‘plab qariyalar, homilador ayollar va bolalar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring