Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aldov bilan ayolning uzugini o‘g‘irlagan firibgar qidiruvga berildi

Aldov bilan ayolning  uzugini o‘g‘irlagan firibgar qidiruvga berildi

Foto:«E!News»

2018-yil 27-yanvar kuni noma’lum shaxs Mirzo Ulug‘bek tumanida Olmazor tumanida yashovchi M.N.ismli ayolni aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, qo‘lidan uzugini yechib olib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

«Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Toshloq tumani «Qo‘rg‘oncha» MFYda yashovchi 41 yoshli To‘lqin Abduqodirov sodir etganligi aniqlanib, qidiruv e’lon qilingan. Tergov davom etmoqda» deyiladi IIV xabarida.

Avvaroq, IIV uyidan mashinada chiqib, qaytib ketmagan fuqaro haqida xabar bergandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring