Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Gaibnazarov Bahodir Rixsialiyevich Mirzo Ulug‘bek tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bahodir Gaibnazarov 1970-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1997-yilda Toshkent davlat agrar universitetini iqtisodchi-tashkilotchi, 2005-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunos mutaxassisliklari bilan tamomlagan.

2021-yildan shu kunga qadar Toshkent shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, avval Olmazor va Shayxontohur tumanlariga ham rahbarlik qilgan. 

Avvalroq Shayxontohur tumani hokimi ham almashgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring