Avstraliyada sun’iy ong KFC’da buyurtmalarni qabul qilishni boshlaydi
KFC tezkor tamaddi restoranlar tarmog‘i sun’iy ongdan foydalanishni boshlaydi. Ushbu texnologiya franshizaning Avstraliyadagi 5 ta filiali – Janubiy Penrit, Veterill-Park, Mount-Druitt, Minto va Franches-Forestda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu manzillarda avtomobil haydovchilari uchun buyurtma berish darchalari o‘rnatilgan.
KFC’ning ba’zi joylarida «Olib ketish uchun buyurtma» berilganda, buyurtmalar sun’iy ong orqali qabul qilinadi, biroq mijoz istasa, buyurtmani ilgarigidek xodimning o‘zi qabul qilishi ham mumkin.
Sun’iy ong kiritilgan ovozli texnologiya kompaniya ichidagi jarayonlarni va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan. Yangi yondashuvning afzalliklaridan biri — xodimlarga tushadigan bosimni kamaytirish, bu ishchilarning charchog‘ini ozaytirishga, buyurtmalarga ishlov berish aniqligini oshirishga hamda tashrif buyuruvchilar uchun yoqimli va barqaror servisni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, kompaniya xabariga ko‘ra, yangi texnologiyalarning joriy etilishi ish o‘rinlari soniga ta’sir qilmaydi.
Texnologiyani kelajakda keng ko‘lamda joriy etish masalasi ushbu beshta nuqtada ish natijalari baholanganidan so‘ng muhokama qilinadi.
«KFC doimiy ravishda innovatsion yechimlar yordamida o‘z xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va mijozlarga servisini yaxshilash yo‘llari ustida bosh qotiradi. Ushbu tajriba nafaqat jamoaviy faoliyatimizni optimalalshtiradi, balki xizmat ko‘rsatish darajasini oshiradi.
Bu KFC faoliyatiga innovatsiyalarni biriktirish yo‘lida yana bir yangi qadam bo‘lib xizmat qiladi», – deydi KFC SOPAC bosh menejeri Kristi Vulrich.
Qizig‘i xodimlarning o‘zi yangi texnologiyani ijobiy qabul qilmoqda, zero, mazkur texnologiya ko‘nikmalarni yaxshilab, yanada yaxshi servisni ta’minlash imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter