Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda temiryo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha Yaponiya tajribasi o‘rganiladi

O‘zbekistonda temiryo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha Yaponiya tajribasi o‘rganiladi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari temiryo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha Yaponiya tajribasini o‘rgandi.

Yaponiya temiryo‘l tizimi dunyodagi eng ilg‘or tizimlardan biri bo‘lib, uning umumiy uzunligi 30 625 kmni tashkil etadi.

Yaponiyada temiryo‘l sohasida «Japan Railways» (JR Group) kompaniyalar guruhi faoliyat yuritadi. JR Group 1987 yilda davlatga qarashli Yaponiya milliy temir yo‘llari (JNR) kompaniyasini  o‘zgartirish orqali tashkil etilgan.

Islohotning asosiy sabablari:

- Davlatning kompaniya boshqaruviga aralashuvi;

- Standartlashtirilgan boshqaruv;

- Menejerlar va kasaba uyushmalari faoliyatida o‘zaro muvofiqlikning yo‘qligi;

- Tashkilotning yirikligi;

- Menejerlar o‘rtasida raqobatning ahamiyati haqida yetarlicha tushuncha bo‘lmaganligi.

Islohotning asosiy yo‘nalishlari:

- Raqobatni joriy etish;

- Ortiqcha xodimlar sonini qisqartirish;

- Vazifalar va operativ javobgarlikni aniq taqsimlash;

- Affillangan biznesni rivojlantirishga turtki berish.

Islohot xususiy kapitalni temiryo‘l sanoatiga jalb qilishni rag‘batlantirdi. Bu esa markaziy hukumat subsidiyalaridan deyarli voz kechishga imkon berdi.

O‘z navbatida, Yaponiya tajribasidan O‘zbekiston temiryo‘l transporti sohasi uchun ham tegishli xulosalar olinadi.

Jumladan, temiryo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yangi liniyalarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, yuk va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash uchun sharoit va rag‘batlantirish tizimini yaratish, transportda, shu jumladan vokzalga yondosh hududlar va stansiyalarda xizmatlarni tubdan o‘zgartirish uchun davlat-xususiy sheriklik (DXSh) tamoyillarini joriy etish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, xususiy kapitalni bir yo‘lli uchastkalar bo‘ylab ikkinchi yo‘llarni qurishga, yangi va mavjud saralash stansiyalari va kirish yo‘llarini modernizatsiya qilishga jalb qilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring