Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Koreya Rossiyaga harbiy madadi evaziga nima olishi oydinlashdi

Shimoliy Koreya Rossiyaga harbiy madadi evaziga nima olishi oydinlashdi

Foto: Point.md

KXDR Rossiyani o‘q-dori va askarlar bilan ta’minlashi evaziga yiliga 700 ming tonna guruch va kosmik texnologiyalar oladi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Rossiyadagi sobiq elchisiga asoslanib Korea Herald xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, sobiq elchi Vi Son Lak bu ma’lumotlarni Janubiy Koreya razvedkasidan olgan. Ta’kidlanishicha, ilgari Moskva Pxenyanga yiliga 50 mingdan 100 ming tonnagacha guruch yetkazib bergan bo‘lsa, endi yillik ta’minot 600-700 ming tonnagacha oshiriladi.

Qolaversa, Rossiya Pxenyanga ilg‘or kosmik texnologiyalar qo‘llangan josuslik yo‘ldoshini uchirishda ko‘maklashadi.

Ammo elchining fikricha, eng muhimi, Koreya yarimorolida urush boshlansa Moskva yordamga kelishi borasidagi kelishuvdir.

«Shimoliy Koreya Rossiya tomonida urushib kelgani endi hammaga ma’lum. Qachondir Koreya yarimorolida urush boshlansa, Rossiya madadga kelishiga Shimoliy Koreyaning ishonchi komil», — dedi elchi.

Ukraina va G‘arb manbalariga ko‘ra, KXDR Rossiyaga 10 mingga yaqin harbiy xizmatchisini jo‘natgan, ular tez orada Rossiya-Ukraina urushiga tashlanishi mumkin. Buni hatto Vladimir Putin ham inkor etmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring