Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning samolyotini musodara qildi

AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning samolyotini musodara qildi

AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga tegishli ekani aytilgan va AQSh sanksiyalarini buzgan holda sotib olingan samolyotni qo‘lga oldi.

AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Dominikan Respublikasida qo‘lga olingan va Florida shtatiga olib kelingan.

«Adliya vazirligi 13 million dollarga noqonuniy sotib olingan va Nikolas Maduro hamda uning sheriklari foydalanishi uchun AQShdan yashirincha olib chiqib ketgan samolyotni musodara qildi», dedi AQSh bosh prokurori Merrik Garland.

CNN xabariga ko‘ra, gap Fransiyada ishlab chiqarilgan Dassault Falcon 900 biznes-jeti haqida ketmoqda. So‘nggi oylarda u Dominikan Respublikasida bo‘lgan.

Dominikan hukumati Venesuelani musodara haqida xabardor qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring