Madinadan Farg‘onaga uchayotgan samolyot favqulotda qo‘nishni amalga oshirdi
Centrum Air muqobil aeroportga qo‘nish va zahiradagi samolyotni jo‘natish orqali yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minladi, deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, bugun, 1-fevralida Centrum Air aviakompaniyasining Madinadan Farg‘onaga uchayotgan A321neo samolyoti Turkmaniston havo hududidan uchib o‘tayotganda dvigatel moyi sizib chiqqan.
Yo‘riqnomaga muvofiq, havo kemasi komandiri Farg‘ona xalqaro aeroportiga parvozni o‘zgartirib, uni Turkmanistoning Marv shahri aeroportiga yo‘naltirishga qaror qildi. Samolyot komandiridan bildirishnoma olgach, Marv aeroportiga zaxira samolyotni yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Zaxira samolyoti aeroportga yetib borganidan so‘ng, yo‘lovchi va ularning yuklari Farg‘onaga eson-omon yetkazildi.
Hozirda yuqori malakali muhandislar jamoasi dvigateldagi moy sizib chiqishini bartaraf etgani va samolyot yaqin vaqt ichida Toshkentga yo‘lovchilarsiz texnik reysni amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter