Mamlakatlarning internet tezligi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi

Ookla kompaniyasi yanvar oyida dunyo mamlakatlarida qayd etilgan internet tezligi bo‘yicha hisobotini taqdim etdi.
Singapur — keng polosali internet, Birlashgan Arab Amirliklari — mobil internet bo‘yicha hammadan tez.
Tadqiqotga ko‘ra, yanvar oyida jahonda simli internet tezligi o‘rtacha: yuklab olish uchun — 97,61 Mbit/soniya, jo‘natish uchun — 52,84 Mbit/soniyani tashkil etdi.
Singapurda internet tezligi: yuklab olish uchun — 336,45 Mbit/soniya, jo‘natish uchun — 275,30 Mbit/soniya. Keyingi o‘rinlarda: BAA (310,05 Mbit/s), Gonkong (305,71 Mbit/s), Fransiya (287,44 Mbit/s) va Islandiya (281,95 Mbit/s).
Yuklab olish tezligi o‘rtacha 3 Mbit/soniyani tashkil etgan Suriya va Kuba reytingda so‘nggi o‘rinlarni egalladi.
Yanvarda global mobil internet tezligi deyarli keng polosali internet darajasiga chiqib, yuklab olish tezligi 91,24 Mbit/soniyaga yetdi.
BAA — mobil internet tezligi bo‘yicha jahonda yetakchi: yuklab olish tezligi 545,94 Mbit/soniyaga yetib, o‘tgan yil yanvaridagi ko‘rsatkich (302,38 Mbit/s) ancha yaxshilandi. Keyingi o‘rinlarda: Qatar (521,51 Mbit/s), Kuvayt (314,39 Mbit/s), Bolgariya (252,05 Mbit/s) va Bahrayn (213,09 Mbit/s).
Reytinggga kiritilgan 104 mamlakat orasida so‘nggi o‘rinlarni Boliviya (13,20 Mbit/s) va Eritreya (1,88 Mbit/s) band etdi.
Ushbu reytingda O‘zbekiston keng polosali internet tezligi (51,02 Mbit/s) bo‘yicha (besh pog‘ona yuqorilab) 68-o‘rinni, mobil internet tezligi (81,58 Mbit/s) bo‘yicha 75-o‘rinni egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter