Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelyapti

Qirg‘iziston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelyapti

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimbakiyev ma’lum qildi.

«Tashrif doirasida prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi», – dedi Muratbek Azimbakiyev.

Tashrif doirasida, shuningdek, Sadir Japarov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlari rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi. Shu bilan birga, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat rahbarlari ishtirokida amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qolaversa, ushbu tashrif bilan bog‘liq Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi kabi qator tadbirlar o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring