Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga 5 yil ketadi

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga 5 yil ketadi

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li 5 yil davomida quriladi. Qirg‘iz Respublikasi bosh vaziri Aqilbek Japarov bu haqda xalqaro anjumanda ma’lum qildi.

Yirik loyihani amalga oshirish boshlanganini aytgan bosh vazir shu paytgacha Qirg‘iziston boshi berk ko‘chada joylashgani va tranzit yo‘llar bilan milliardlik Xitoy bozoriga tutashmaganini ta’kidlagan.

«Temir yo‘l qurilishi yakunlansa, istiqbollar ochiladi. Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, u besh yilda bitishi kerak», — dedi Japarov.

Xitoy va O‘zbekistonni bog‘lovchi, Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi temir yo‘lning uzunligi 450 kilometrdan oshadi, yo‘l Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali davom etib, Osiyo mamlakatlarini Yangi ipak yo‘li (Yevroosiyo quruqlik yo‘li) orqali Yevropa bilan tutashtiradi.

Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi temir yo‘l qurilishiga 1,34 mlrd dollar sarflanishi kutilmoqda. Qirg‘izistonda buncha pul yo‘q, xitoyliklarning puliga qurilish qilishmoqchi. Loyihaning umumiy qiymati 8 mlrd dollar atrofida baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring