«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvonini ta’sis etish rejalashtirilyapti
Parlament Quyi palatasi dputatlari bugungi majlisda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qildi.
Qonun loyihasida turli sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini taqdirlash tizimini joriy etish maqsadida alohida davlat mukofotini ta’sis etish nazarda tutilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvonini ta’sis etish va qonun hujjatlarida buning huquqiy asoslarini mustahkamlash, «O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida»gi va «Davlat mukofotlari to‘g‘risida»gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi yangi ish o‘rinlari yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, eksport qilish va yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchaga namuna bo‘ladigan hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini tizimli taqdirlash imkonini beradi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter