Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jamshid Qo‘chqorovga faxriy unvon berildi

Jamshid Qo‘chqorovga faxriy unvon berildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi» faxriy unvoni berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida qayd etilishicha, ushbu unvon davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring