Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

150 nafarga yaqin bank mansabdori tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanib kelgani aniqlandi – Aksilkorrupsiya

150 nafarga yaqin bank mansabdori tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanib kelgani aniqlandi – Aksilkorrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda, jumladan, «Mikrokreditbank» ATB, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB hamda «Turonbank» ATB va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda 148 nafar boshqaruv xodimi 155 ta tadbirkorlik sub’yektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Jumladan, «Mikrokreditbank» ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subektida, «Biznesni rivojlantirish banki» ATBning 41 nafar boshqaruv xodimi 46 ta tadbirkorlik sub’yektida hamda «Turonbank» ATBning 13 nafar boshqaruv xodimi 13 ta tadbirkorlik subektida ta’sischi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Ayni vaqtda yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha Agentlik tomonidan mazkur banklarga taqdimnomalar kiritilgan.

O‘z navbatida, banklar tomonidan taqdimnomalar tanqidiy muhokama qilingan holda tadbirkorlik subektlarida ta’sischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunlarida davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring