Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ota-onalar o‘zaro janjalda bolalaridan foydalanish ko‘payyapti» – Bolalar ombudsmani

«Ota-onalar o‘zaro janjalda bolalaridan foydalanish ko‘payyapti» – Bolalar ombudsmani

Bir muddat oldin Buxoro viloyati Jondor tumanida ikki nafar chamasi 3-4 yoshlar atrofidagi qizini haqoratlab, kaltaklagan ayolning videosi tarqalgan va mazkur holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirgan edi. 

Bolalar ombudsmani ham ushbu holatga izoh berib, voqea I.M. (ayol) o‘zining turmush o‘rtog‘i N.B. bir necha yildan buyon xorijda ishlab kelayotgani, eri oilasidan xabar olmayotgani, yetarlicha pul jo‘natmayotganidan jahli chiqib, qizlari O‘.S. (2020-yilda tug‘ilgan) va O‘.S. (2021-yilda tug‘ilgan) larni urib, kaltaklaganini ma’lum qildi.

Hozirda voqea yuzasidan Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda va uning doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

«Ta’kidlash zarurki, so‘nggi paytda ota-onalar tomonidan o‘zaro nizoda farzandidan manipulyasiya quroli sifatida foydalanib, bolaga jismoniy va ruhiy zarar yetkazish hollari ko‘p kuzatilmoqda.

Ota-onalik maqomi bolaga zo‘ravonlik qilish huquqini bermaydi. Bolaga nisbatan bunday harakatga yo‘l qo‘ygan shaxslar kim bo‘lishidan qat’iy nazar qonunan javob berishi shart», – deyiladi rasmiy xabarda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring