Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi

Buxoro viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Oltiyev Elyor Doniyorovich Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

E. Oltiyev 2011-yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat bosqichini, 2017-yil Buxoro davlat tibbiyot institutining klinik ordinaturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida boshlagan.

Tayinlovga qadar E. Oltiyev Milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

«Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, 2021-yildan shu kunga qadar Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Asqar Bahronov o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring