Nukus va Urganchdagi quyuq tuman aeroportlar faoliyatini cheklab qo‘ydi
Nukus va Urganch aeroportlarida noqulay ob-havo sharoiti tufayli havo kemalarini qabul qilish va uchirilishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.
Xususan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY-9638 reysi samolyoti soat 06:04 da Buxorodagi muqobil aerodromga qo‘ndi.
Toshkent – Urganch/Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-51/52 reyslari ham kechiktirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Toshkentdan Urganchga soat 12:00 ga, qaytish reysi esa soat 14:15 ga ko‘chirilgan.
Shuningdek, Toshkent - Nukus yo‘nalishi bo‘yicha HY-11 reysi ham Nukusdagi tuman sabab mahalliy vaqt bilan soat 11:30 ga qoldirildi.
Bundan tashqari, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Farg‘ona aeroportida samolyotlarni qabul qilishga cheklovlar joriy etilgan edi. Jumladan, Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent - Farg‘ona yo‘nalishidagi US-401 reysi mahalliy vaqt bilan soat 11:20 ga ko‘chirilgan.
Biroq, ayni paytda Farg‘ona xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilishga joriy etilgan cheklovlar olingan. Aeroport odatiy rejimda ishlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter