Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank qoidabuzarliklar sabab 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llagan

Markaziy bank qoidabuzarliklar sabab 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llagan

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan joriy yilning iyun oyidagi yig‘ilishlarida 42 ta masala ko‘rildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 28 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (5 ta), mikromoliya tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish (2 ta), mikromoliya tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish (9 ta), mikromoliya tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni chaqirib olish (1 ta), banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (1 ta) hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqishga doir (10 ta) masalalar ko‘rilgan.

Yig‘ilishlarda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlar talablariga rioya qilinmaganligi hamda Markaziy bankka taqdim etilgan ma’lumotlarda noaniqliklarga yo‘l qo‘yilganligi va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 11 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkiloti va 1 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.

Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan bank tizimi barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish tamoyilidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, ular bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, o‘rnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sog‘lomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring