Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lukashenkoning intervyusidan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga chaqirildi

Lukashenkoning intervyusidan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga chaqirildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning «Rossiya» telekanaliga bergan intervyusidan so‘ng Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Belarus elchisi Pavel Utyupinni idoraga chaqirgan.

Lukashenko, jumladan, o‘z intervyusida sobiq ittifoq respublikalari ittifoqchilik munosabatlariga qaramay, birdamlik ko‘rsatmayotgani va o‘zaro yordam ko‘rsatmayotganini aytib, ikki yil avval KXShT tinchlikparvar kuchlari ishtirok etgan Qozog‘istondagi miting haqida eslatib o‘tgan.

«Biz (Belarus, - tahr.) ba’zi sobiq ittifoq davlatlari kabi o‘yin qilmayapmiz. Ular Rossiyadan biror narsa olishni xohlashadi, lekin berishni istashmaydi.

Bunaqa bo‘lmaydi. Kelinglar, birga bo‘laylik. Rossiyadan himoya va yordam so‘rash uchun haliyam kech emas. Boshqa yordam beradigan (Rossiyadan boshqa davlatlar, – tahr.) davlat yo‘q. Mana, Qozog‘istonda bir nimalar sodir bo‘ldi. Kimdan yordam so‘radi? Xitoy, Hindiston yoki Pokistondanmi?.. Yo‘q. «Putin, Lukashenko, yordam bering» deyishdi. Biz KXShT kuchlarini jo‘natdik. Yarim kunda harbiy yordam yetib bordi. Tinchitdi», – deydi Lukashenko intervyusida.

Qozog‘iston TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakat TIV rahbari Qozog‘iston BMT Nizomi va xalqaro huquqning asosiy me’yorlariga muvofiq muvozanatli va tinchliksevar tashqi siyosat yuritayotganini alohida ta’kidladi. Ostona kelishmovchiliklarni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilish kerakligiga qat’iy ishonishini bildirdi.

Vazir, shuningdek, Belarus tomonini davom etayotgan jarayonlarga nisbatan Ostona pozitsiyasini xolis baholashga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Belarus prezidenti Armaniston haqida «MDHdan boshqa hech kimga kerak emas» degan bayonot bilan chiqqan va bu arman aholisining katta noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Armanlar Belarusning Yerevandagi elchixonasiga tuxum va sabzavotlar uloqtirib, norozilik namoyishini uyushtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring