Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nurbek Alimov

Oz narsani qurbon qilgan odam, oz narsaga erishadi. Ko‘p narsani xohlagan odam esa ko‘proq narsadan voz kechishi kerakligini biladi.

Koronavirusdan tuzalgan odam qanday davolanganini so‘zlab berdi

Koronavirusdan tuzalgan odam qanday davolanganini so‘zlab berdi

Byonda Xalitining 2017 yilda tushgan surati

Foto: Tvitter

Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida, AQShlik koronavirusga chalingan 22 yoshli qiz — Byonda Xalitining tvitlari millionlab layk va retvit qilinmoqda. Quyida sizga uning boshidan o‘tkazganlari va maslahatlarining tarjimasini havola etamiz.

«Men 22 yoshdaman, menda COVID-19 virusi aniqlandi. Bu haqida yozishdan oldin ancha ikkilandim, lekin pandemiya natijasida yuzaga keladigan xavotir va stressni kamaytirish uchun meni yoshimdagi insonlarga o‘z tajribam haqida so‘zlab berishga qaror qildim.

1-kun: Bu yengil quruq yo‘tal va ozgina tomoq qizarishi bilan boshlandi. Kechga tomon juda charchadim

2-kun: Boshimda shu qadar kuchli bosim his qildimki, hatto iloji boricha yengil yo‘talishga harakat qilishimga to‘g‘ri keldi. Tunda terladim va isitma ko‘tarildi. Bitta simptomga alohida e’tibor qaratdim – ko‘zlarim jismonan og‘riy boshladi. Ular sezuvchan va og‘riqli edi, ko‘zlarni harakatga keltirish noqulay edi. Simptomlarni o‘rganib chiqish natijasida menda migren degan xulosaga keldim, lekin kun bo‘yi uxlaganimga qaramay «migren» hech o‘tib ketmadi.

3-kun: Qattiq quvvatsizlik, kun bo‘yi faqat uxladim va isitma qilib chiqdim. Menda quyidagi simptomlar paydo bo‘ldi: quruq yo‘tal, bosh og‘rig‘i (migren), sovuq ter, isitma va ko‘ngil aynishi. Shifokorlarga murojaat qilishga qaror qildim, menda gripp va streptokokk yo‘qligini aniqlashdi. Shifokor menda infeksiya borligini tahmin qildi va antibiotik bilan 800 mg ibuprofen yozib berdi. Men ko‘proq suyuqlik ichishga harakat qildim hamda vitamin va probiotiklar sotib oldim. Tunda menda hali ham isitma bor edi.

4-kun: Nihoyat isitma qilmadim, lekin yangi simptom paydo bo‘ldi: nafas qisilishi. Nafas olishim qiyinlashdi, xuddi ko‘kragimda g‘isht osilib turgandek. Internet tarmog‘ida uchratgan testni (nafasingizni 10 sekund ichida ushlab turing) o‘zimda sinab ko‘rishga qaror qildim, testni hech qanday qiyinchiliksiz bajara oldim. Koronavirusga test topshirishga qaror qildim, lekin bu ancha qiyin masala edi. Men uydan chiqmay karantinga amal qilishda va suyuqlik, suyuqlik va yana suyuqlik ichishda davom etdim.

5-kun: Simptomlar: tomoq og‘rishi, yo‘tal, nafas qisilishi. Yana o‘sha shifokorga murojaat qildim va koronavirusga test topshiraman deb turib oldim. Shifokor menga hayotiy muhim ko‘rsatkichlarim «normal holatda» ekanligini aytdi, ammo men o‘z qarorimda qat’iy turdim. Menga ko‘krak qafasi rentgeni ham qilishdi, natijasi yaxshi chiqdi. Menga uy karantinida qolishimni va test javoblari 5-6 kunda chiqishini aytishdi!

6-kun: Doimiy antibiotik va ibuprofen ichishim natijasida meni simptomlarim quyidagicha: tomoq og‘rishi, yo‘tal, nafas qisilishi. Quvvat darajasi ko‘tarila boshladi.

7-kun: Simptomlar: tomoqda yengil og‘riq, yengil yo‘tal, nafas qisilishi. Quvvat darajasi ko‘tarilishda davom etdi.

8-kun: Simptomlar: yengil yo‘tal. O‘zimni yana sog‘lom his qila boshladim. Energiya!

9-kun: Simptomlar: yo‘talim sal og‘irroq edi, quvvat darajasi normal holatda.

10-kun: Simptomlar: yengil yo‘tal, balg‘am, normal quvvat darajasi. Laboratoriyadan test natijalari keldi: IJOBIY.

Karantinda qolishda davom etdim. Bugun (18 mart) o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Men takroriy testdan o‘tishim kerak. Hozircha menga testga yo‘llanma beradigan shifokorni topganimcha yo‘q.

Men hamma bir narsani bilishlarini xohlardim, men doktor tavsiyasiga ko‘ra uydan HECh QAYeRGA chiqmadim. Juda ko‘p suyuqlik iste’mol qildim. Suyuqlikning muhimligini yana bir bor ta’kidlab o‘tmoqchiman!

Menga ibuprofen simptomlarni og‘irlashtirishini aytishdi. Oldin aytib o‘tganimdek, ibuprofenni COVID-19 ga test topshirgunimga qadar menga shifokor yozib bergandi. Men ibuprofenni 4 kun ichdim va keyin ichishda davom etishga hojat sezmadim.

Men barcha ko‘rishgan, muomalada bo‘lgan insonlarga menda COVID-19 aniqlanganligi haqida ZUDLIK bilan xabar berdim.

Kasallik nimaga o‘xshaydi, deb savol yo‘llaganlarga javobim: bundan oldin shamollash kasalliklarini bundan og‘irini ham boshdan kechirganman. Men o‘z holatimga 10 dan 4 ball bergan bo‘lardim. Kasallikning dastlabki 3 kuni eng qiyin davr bo‘ldi.»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring