Prezident surxondaryolik tadbirkorni mukofotladi
![Prezident surxondaryolik tadbirkorni mukofotladi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/920__95_3455124821.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «B.Raupovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zining izlanuvchanligi va ishbilarmonligi bilan sohaga ilg‘or tashabbus va innovatsion g‘oyalarni samarali tatbiq etib kelayotgani, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida ko‘pchilikka ibrat va namuna bo‘layotgani, hududda iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi «Surkhon Sandwich» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Raupov Bahrom Qayumovich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter