Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatda bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi

Isroildagi mavjud vaziyat munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi yana bir bor quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qiladi:

1. Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlaning.

2. Isroil rasmiylari va O‘zbekiston elchixonasi xabarlari va rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Mobil ilova yoki veb-sayt orqali Isroil qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar uchun ro‘yxatdan o‘ting.

3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.

Favqulodda vaziyatlarda bu sizga tezroq yordam olishga yordam beradi.

4. Imkon qadar ko‘p odam bor joylarga borishdan saqlaning va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklang. 

Eslatib o‘tamiz, HAMAS rahbari Ismoil Xaniyaning o‘limiga javoban Eron ushbu mamlakatga hujum uyushtirishi bo‘yicha xabarlar tarqaldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring