Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron prezidenti mamlakat poytaxtini ko‘chirish kerakligini aytdi

Eron prezidenti mamlakat poytaxtini ko‘chirish kerakligini aytdi

Eron prezidenti Masud Pezeshkiyonning fikricha, mamlaka poytaxtni boshqa joyga ko‘chirmasdan turib hal qilib bo‘lmaydigan muammolarga duch kelmoqda.

Uning fikricha, respublikaning asosiy shahri janubda bo‘lishi kerak.

«Iqtisodiy va siyosiy markazni mamlakat janubiy qirg‘oqlariga ko‘chirishdan boshqa choramiz yo‘q. Xom-ashyoni janubdan va qirg‘oqdan markazga yetkazib berish, tayyor mahsulot yaratish va uni janubga eksport qilish uchun qaytarish zarurati raqobatbardoshligimizni sezilarli darajada pasaytiradi», — dedi janob Pezeshkiyon. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, odamlar ularga ergashishi uchun hokimiyat birinchi qadamni qo‘yishi kerak. Tehron muammolari orasida u suv tanqisligi, havoning ifloslanishi va tuproqning cho‘kishini tilga oldi.

Tehron Eronning eng katta shahri. Shahar aholisi 13 million kishidan oshadi. Tehron 1795 yildan beri poytaxt vazifasini bajarib keladi.

Poytaxtni boshqa joyga ko‘chirish masalasi bir necha bor muhokama qilingan. Bunday muhokamalar 2009, 2013, 2017 yillarda bo‘lib o‘tgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring