«Hududgazta’minot» raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Maqsudov Davron Sanjarxodjayevich «Hududgazta’minot» AJ Boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. AJ saytidagi ma’lumotga ko‘ra, mazkur o‘rinbosar lavozimi vakant bo‘lgan.
D.Maqsudov bunga qadar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter