Germaniyaga jo‘natishni va’da bergan boshqaruvchi qo‘lga olindi
Navoiy viloyatida xorijiy davlatga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.-c.” MChJni boshqaruvchisi O.O‘. fuqaro A.F.ning ishonchiga kirib, uni Germaniya davlatiga ishga yuborishi evaziga fuqaro A.B. orqali 2 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter