Tungi iqtisodiyot rivojlantiriladi
![Tungi iqtisodiyot rivojlantiriladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/7/920__95_278306856.jpg)
So‘nggi yillarda tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Olmazor tumanidagi 17 ta ko‘chadan o‘tgan 7,3 kilometr uzunlikdagi yo‘lni gastronomik ko‘chaga aylantirish loyihasi ma’qullandi. Ushbu ko‘chada 250 ta savdo va servis ob’yektlari tashkil qilinib, kamida 1,5 ming ish o‘rni yaratiladi.
Poytaxtdagi yana 26 ta ko‘chani tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini 1 mingtaga ko‘paytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Turistlar bildirgan fikrlarni inobatga olib, turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter