Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank: inflyasion kutilmalar apreldagi pasayishidan so‘ng oshish trendini hosil qildi

Markaziy bank: inflyasion kutilmalar apreldagi pasayishidan so‘ng oshish trendini hosil qildi

Iqtisodiyotdagi inflyasion kutilmalarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra joriy yilning II choragida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining qisqa muddatli inflyasion kutilmalari apreldagi pasayishidan so‘ng oshish trendini hosil qildi, o‘rta muddatli kutilmalari esa sezilarli o‘zgarishlarsiz avvalgi darajasida saqlanib qoldi, deyiladi Markaziy bank axborotida.

Xususan, respondentlarning yanvar-apreldagi kutilmalari pasayishiga qaramasdan, may-iyun davomida qisqa muddatli kutilmalarida havotirlik kuzatildi. O‘rta muddatli istiqbolda esa respondentlarining aksariyati inflyasiyani avvalgi darajada saqlanib qolishini taxmin qilishmoqda.

Aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan milliy valyuta almashuv kursining qadrsizlanishi, ish haqlarining oshishi, hamda 2019-yilning ikkinchi yarim yilligida kommunal xizmatlar narxlarining oshirilishi mumkinligi iqtisodiyotdagi narxlar o‘sishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida qayd etildi. Shuningdek, respondentlar javoblarida o‘rta muddatli inflyasion kutilmalarga soliq bazasining kengaytirilishi ta’siri saqlanib qolishi ko‘rsatilgan.

Ta’kidlash lozimki, joriy yilning birinchi yarim yilligida, milliy valyutaning qadrsizlanishi 2,7 foizga teng bo‘lganligiga qaramasdan, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari kutilmalarining ushbu omilga ta’sirchanligi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

Joriy yilning II choragi mobaynida aholi tomonidan kelgusi 12 oyga kutilayotgan inflyasiyaning miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘suvchi tendensiyaga ega bo‘lgan bo‘lsa, tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari pasayuvchi tendensiyani hosil qildi. Bu esa o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotdagi narxlar barqarorligiga bo‘lgan ishonch biznes vakillarida yuqoriroqligini ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring