Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onasidan yashirilgan ikki bola Toshkent shahridan topildi

Onasidan yashirilgan ikki bola Toshkent shahridan topildi

Safoyevlar oilasida bir emas, ikki nafar farzand tug‘ilganidan so‘ng ham ahillik kuzatilmadi. 2019 va 2020 yillarda qiz va o‘g‘il ota-ona orasidagi jarlikka ko‘prik bo‘lolmadi.

Oila tanazzul yo‘lidan bordi. Deyarli besabab boshlangan va izi uzilmay davom etgan talashuv-tortishuvlardan so‘ng Munisa bu uyda ortiq qololmadi. O‘zi tug‘ilib o‘sgan ota-onasi xonadonidan panoh topdi. Farzandlari erining qo‘lida qoldi.

Ota uyiga qaytganidan so‘ng sal vaqt o‘tgach, farzandlarini o‘z tarbiyasiga olish yuzasidan sudga ariza berdi. Sud farzandlarni onasi tarbiyasiga berish yuzasidan qaror chiqardi. Mazkur sudning ijro hujjati MIBning Shovot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishildi.

Biroq bolalarni onasidan uzoqlashtirib, diydorini ham ko‘rsatishni istamagan ota farzandlari bilan o‘z uyidan turli xil joylarga ko‘chib yurgan. Natijada ota va bolalarga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ota Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi qurilishi tugallanmagan hovlida ustachilik bilan shug‘ullanib yurgani, farzandlarini ham  yonida olib yurgani aniqlandi. Bolalar Xorazm viloyatiga olib kelinib, sog‘-salomat onasi tarbiyasiga olib berilishi ta’minlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring