Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX yirik dori kontrabandasini fosh qildi

DXX yirik dori kontrabandasini fosh qildi

Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda  Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyati Olabuqa tumanida  yashovchi, 1985 y.t. fuqarosi hamda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1980 va 1998 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro kelishgan holda Qirg‘iz Respublikasidan mamlakatimizga aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan 16800 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 36 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. 

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Shayxontoxur tumanida yashovchi, 1982 y.t. fuqaroning yoni va avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 15 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, uning tanishi bo‘lgan, 1978 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsning Uchtepa tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 2967 dona «Regapen» dori vositasi borligi ma’lum bo‘lib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

DXX Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Farg‘ona-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Neksiya» rusumli avtomashina Sergeli tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda Farg‘ona shahrida yashovchi, 1989 y.t. fuqaroga tegishli 1400 dona «Regapen», 30 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1989 y.t., shaxsning «Lasetti» rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda 6034 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroning yashash xonadonidan ham 2800 dona «Regapen» dori vositalari olindi.

Ta’kidlash lozimki, barcha holatlarda musodara qilingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring